Misr viza to‘lovini bekor qilmoqchi
Misr oktyabrning oxirigacha viza olish uchun to‘lovni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi «The Sun».
Garchi koronavirus bilan kasallanish soni kamaymayotgan bo‘lsa-da, mamlakat 1-iyuldan xorijlik sayyohlarni qabul qilishga tayyor.
22-iyun kuni 1475 ta yangi holat qayd etildi. Umumiy kasallanganlar soni 55 mingdan oshib ketdi, qariyb ikki ming kishi vafot etdi.
Sayyohlar Qizil dengizdagi kurortlarga dam olgani kelishlari uchun hukumat 31-oktyabrga qadar viza uchun to‘lov olmaslikka qaror qildi. Bu har bir mehmonga 25 dollar tejash imkonini beradi.
Misr xorijlik sayyohlarni kutmoqda. Qariyb 260 ta mehmonxona virusga qarshi chora ko‘rishni tasdiqlovchi gigiyenik xavfsizlik sertifikatini olishgan.
Mehmonxonalar faqat 50 foiz yuklama bilan faoliyat ko‘rsatishi mumkin, ularda shifokor bo‘lishi shart.
Kurortlarda to‘y, bazm va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishga, ochiq bufetlarga taom olib chiqishga ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlashga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter