Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr: tabiiy gaz importidan eksportiga

Misr: tabiiy gaz importidan eksportiga

Foto: «Reuters»

Misr neft va mineral resurslar vaziri Tariq al-Mulla mamlakat hukumati tabiiy gaz importidan voz kechishga qaror qilgani haqida bayonot berdi. «Reuters» yozishicha, mamlakat o‘zini-o‘zi gaz bilan ta’minlay olish darajasiga chiqqan.

«O‘tgan hafta siqilgan tabiiy gazning so‘nggi partiyasi Misrga keltirildi, biz gaz importini bekor qilishimizni bildiramiz», — dedi Tariq al-Mulla.

Misr endi siqilgan tabiiy gaz sotish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanadi, negaki, oxirgi yillarda mamlakat hududida ko‘plab gaz konlari topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring