«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari hind «kremniy vodiysi»ga boradi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi rezidentlari delegatsiyasi «INDIASOFT 2018» dasturchilar ko‘rgazmasida qatnashadi.
Delegatsiya tarkibidan veb-sayt va mobil ilovalar, CRM-tizimlar, shuningdek biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar o‘rin oladi.
Bu yil an’anaviy forum 24-25-yanvar kunlari hind «kremniy vodiysi» deb nom olgan Bangalor shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘n oltinchi bor o‘tkazilayotgan «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasi doirasida «IT-imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 150dan ortiq mahalliy kompaniyalar, shuningdek, 75 mamlakatdan mutaxassislar qatnashadi.
Ularning qiziqishlari IT-sanoatning dasturiy ta’minot, bulutli texnologiyalar, biznes-servislar, elektron xavfsizlik kabi asosiy segmentlariga qaratiladi. Bu va boshqa global trendlar ko‘rgazma maydonlarida va spikerlar chiqishlarida to‘liq taqdim qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter