Mirziyoyev Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.
Davlat rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni kechasi Pensilvaniyada Trampga suiqasd uyushtirildi. Oqibatda siyosatchi yengil yaralandi. Otishmani uyushtirgan shaxs otib o‘ldirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter