Mirziyoyevning Buxoroga safari, Samarqand va Qashqadaryoda toshqin, Shahramning yangi raqibi va boshqa xabarlar
Bugun, 29-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Jamiyat
FVV Samarqanddagi suv toshqinlari yuzasidan ma’lumot berdi (foto)
29-mart kuni boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida, Samarqand shahrining «Buyuk Ipak yo‘li», «Afrosiyob», «M.Qoshg‘ariy», «Mir Said Baraka», «Obi Rahmat», «Muqimiy», «O‘zbekiston», «A.Temur», «Konimex», «Mulyon-Sochaki bolo» chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.
Qashqadaryo viloyatidagi qishloqlarda kuchli sel kelishi kuzatildi (foto+video)
Kecha, 28-mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining toqqa yaqin hududlardagi qishloqlariga kuchli sel kelishi kuzatilgan.
Sport
Tanishing: Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 26-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ayni paytga kelib, uning ushbu jangdagi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Tavsiya qilamiz
Moddiyat qalbimizni ko‘r qilmoqdami? Biz unutayotgan tushunchalar...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter