Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev va To‘qayev bir-birlarini yaqinlashayotgan bayram bilan tabrikladi

Mirziyoyev va To‘qayev bir-birlarini yaqinlashayotgan bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish, shu jumladan hududlar darajasida amaliy hamkorlik bo‘yicha loyihalarni ilgari surish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Yetakchilar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi sammitlarga tayyorgarlikni ko‘rib chiqdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring