Mirziyoyev va Erdo‘g‘on Vengriyada uchrashdi
Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Toyyib Erdo‘g‘onning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘smoqda. Joriy yilning 1 iyulidan boshlab Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Qo‘shma korxonalar soni 2,5 mingdan oshdi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalarini olqishladilar.
Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qo‘shma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yevropaning yirik banklaridan birining rahbari bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter