Mirziyoyev migrantlarni qahramon deb atadi
Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni «haqiqiy qahramon» deb atadi.
«150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda ta’lim olmoqda.
Bundan tashqari, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – xorijda mehnat qilmoqda.
Albatta, musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib, non topish oson emas. Xorijda bunday sharoitda yashab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Chet ellarda tajriba va malaka orttirayotgan ana shunday vatandoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak», – dedi prezidentlikka nomzod Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashuvda.
Avvalroq qashaqadaryolik 20 ming talabaning kontraktlari to‘lab berilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter