Mirziyoyev Istanbuldagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekiston rahbari vafot etganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13-noyabr kuni Istanbul shahri Beyo‘g‘li tumanida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida 6 kishi halok bo‘lgan va 80 nafardan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter