Mirziyoyev Ilhom Aliyevni muvaffaqiyatli saylov bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7- fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirdi.
Suhbatda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo‘shma Investitsiya kompaniyasi o‘z ishini boshladi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.
Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter