Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefonda muloqot qildi

Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefonda muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali aloqalar izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, shu jumladan energetika, tog‘-kon, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi, xususan, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring