Mirziyoyev bugun To‘qayev bilan uchrashadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar.
Bugun, 3 mart kuni Chimkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchi korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter