Mirzacho‘l tumani hokimi ishdan olindi
Bugun 19-yanvar kuni Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Mirzacho‘l tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Xolmurodov Komil Adhamovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga Ahmedov Sherzod Malikovich nomzodini taklif qildi.
Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter