«Mir» kartalaridan Uzcard kartalariga pul o‘tkazish tiklandi
Uzcard matbuot xizmati Rossiyaning «Mir» bank kartalaridan Uzcard kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati ishga tushirilgani haqida xabar berdi.
Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) va «Mir» to‘lov tizimining operatori — «To‘lov kartalari milliy tizimi» AJ (TKMT) «Mir» to‘lov tizimi qatnashchisi bo‘lgan qator banklarning mobil ilovalari orqali xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.
Uzcard kartalariga pul o‘tkazish bir zumda amalga oshiriladi. O‘tkazma rublda jo‘natiladi va foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan milliy valyuta kursida va qabul qilib oluvchi shaxsning O‘zbekistondagi hisobiga o‘tkaziladi. Xizmatdan foydalanganda pul o‘tkazmalari uchun qo‘shimcha yashirin to‘lovlar olinmaydi. Buning uchun bankning mobil ilovasida faqat karta raqami va qabul qilib oluvchi shaxsning ismini kiritish kerak, boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish shart emas.
Bugungi kunda xalqaro o‘tkazmalarning eng katta hajmi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Uzcard mart oyi boshlarida (kobeyjing kartalaridan tashqari) «Mir» kartalari bilan operatsiyalar o‘tkazishni to‘xtatgan edi. Bunga texnik ishlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
2020-yilning iyunida «Mir» Uzcardning barcha bank-qatnashchilari uchun transchegaraviy o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter