Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingdan ortiq shifoxonalarga quyosh panellari o‘rnatiladi

Mingdan ortiq shifoxonalarga quyosh panellari o‘rnatiladi

Cog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik Hay’at yig‘ilishida vazir A. Inoyatov kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish choralari haqida to‘xtalib, joriy yilda shifoxonalarga quyosh panellari o‘rnatilishini ma’lum qildi.

– Tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi. Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.

Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi, – dedi vazir.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 425 ta (shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo‘ljallangan) 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilingani va ular joriy yilning birinchi choragida o‘rnatib, ishga tushirilishi aytib o‘tildi.

Inoyatovning qayd etishicha, bundan tashqari 2023-yilda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda yana 1 008 ta ob’yektda 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatishi rejalashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring