O‘zbekistonliklar davlatga bir yilda 12,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi sotgan
2024-yilda 10 826 nafar o‘zbekistonli davlat elektr tarmoqlariga o‘tkazgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd 182 mln so‘m (12 mln 182 ming 90 kVt-soat uchun) budjetdan subsidiya olgan.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati - 2,8 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,9 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri - 1,4 mlrd so‘m.
Subsidiya «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter