Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingbuloqda aholidan yig‘ilgan 190 mln. so‘m «yeb yuborilgani» aniqlandi

Mingbuloqda aholidan yig‘ilgan 190 mln. so‘m «yeb yuborilgani» aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Mingbuloq tuman «Toza ichimlik suv» UK sobiq mansabdorlari  ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ib olingan 190 mln. so‘m naqd pulni bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mansabdorlarning qilmishi mahkama huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo‘lgan.

Holat bo‘yicha korxona rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari M.B.ga nisbatan o‘zlashtirish va talon-toroj alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilayotgan tergov harakatlari jarayonida zararni qoplash masalasi jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring