«Milliy inqiroz». Tonganing interneti uzilib qoldi
Tinch okeanidagi orol davlat — Tonga qirolligi internetdan uzilib qoldi. Bunga qirollikni boshqa bir orol davlat — Fidji bilan bog‘lovchi suv osti optik kabelining uzilib ketishi sabab bo‘ldi.
NDTV xabar berishicha, mahalliy hukumat hodisani «milliy inqiroz» deya baholadi.
Mamlakatda telefonlar ham ham yoppasiga o‘chgan. Ayni paytda tongaliklar «katta dunyo» bilan faqat yo‘ldoshli aloqa orqali bog‘lanishmoqda va ikki hafta internetsiz yashab turishlariga to‘g‘ri keladi. Chunki kabelni ulash uchun kamida ikki hafta kerak bo‘larkan.
Ma’lumot uchun: Tonga — aholisi 100 ming kishidan sal ziyod, hududi ming kvadrat kilometr ham chiqmaydigan, mitti orollardan tashkil topgan davlat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter