Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga qator vakolatlar berilmoqda

Milliy gvardiyaga qator vakolatlar berilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yana bir qator vakolatlarga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya organlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari bo‘yicha huqubuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda:

  • 187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol maxsulotini iste’mol qilish);
  • 188-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
  • 188-2-modda (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish);
  • 192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo‘yicha.

Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari MjTKning 61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo‘yicha) va 210-1- moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huqubuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.

Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring