Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga ishga kiritaman deb 2 ming AQSh dollari pora olgan shaxs ushlandi

Milliy gvardiyaga ishga kiritaman deb 2 ming AQSh dollari pora olgan shaxs ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan 27 yoshli E.G‘. 2000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Holatga ko‘ra, E.G‘. fuqaro A.R.ga o‘zini transport departamenti xodimi deb tanishtirgan va uning tanishi bo‘lgan g‘ijduvonlik J.Sh.ni Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 2000 dollar so‘ragan.

Joriy yilning 20-fevral kuni fuqaro A.R. departament va DXX G‘ijduvon tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat etgan. Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.G‘. 2000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan E.G‘.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring