Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyachilarning oila a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Milliy gvardiyachilarning oila a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Joriy yilning 23-25 iyul kunlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent viloyatida joylashgan bo‘linmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun uch kunlik maxsus tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

«Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila a’zolari uchun tashkillashtirilgan tibbiy ko‘rik davomida hech qanday xavfli kasalliklar aniqlangani yo‘q. Tekshiruv mobaynida agar fuqarolarning sog‘lig‘ida salbiy tashxislar aniqlanadigan bo‘lsa, ularga o‘z turar joyi bo‘yicha davolanishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etiladi» – deydi umumiy amaliyot shifokori M.Parmonqulova.

Yunusobod tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasining bir qator shifokorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rikda ayollar, bolalar va harbiy xizmatchilar okulist, lor, dermatolog, pediatr, ortoped kabi 15 ta mutaxassislik bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazilmoqdalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring