Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyachilar oilalari bilan 5 ta tashabbus asosida suhbatlar o‘tkazilmoqda

Milliy gvardiyachilar oilalari bilan 5 ta tashabbus asosida suhbatlar o‘tkazilmoqda

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta tashabbusi asosida respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila a’zolari bilan «Sog‘lom turmush tarzi asoslari» mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Davra suhbatlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Respublika Psixologlar uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, maktabgacha ta’lim muassasa va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari vakillari tomonidan tadbir ishtirokchilariga «Jismoniy faollik va ruxiy muvozanat salomatlik garovi», «Oiladagi sog‘lom muhit va farzand tarbiyasi», «Harbiy xizmatchilarning farzandlarini Maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish tartibi», «Oilada o‘zaro munosabatlar va ularning yechimlari» kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun kitob hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilib, oilalardagi vaqtincha ishsiz ayollar ish bilan ta’minlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring