Milliy gvardiya xodimlariga jarima qo‘llash huquqi berildi
Milliy gvardiya xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan (O‘RQ-842, 12.05.2023 y) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi.
Ushbu Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter