Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlikni endi boshlayotganlarga milliarderlardan 5 ta maslahat

Tadbirkorlikni endi boshlayotganlarga milliarderlardan 5 ta maslahat

Foto: «Biznesprost.com»

  1. O‘z harakatlaringizni rejalashtiring.

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun aniq maqsadga ega bo‘lishingiz lozim. Biroq bu hali hammasi emas. Maqsadga erishishning bosqichma-bosqich rejasini tuzib olishingiz juda muhimdir.

Faol harakatni boshlashdan avval strategiyani ishlab chiqing. Biznes-reja tuzish xatolardan qochish va kerakli natijaga erishishga yordam beradi.

Ko‘p yillar oldin kimdir daraxt ekkani uchun bugun boshqa bir kishi uning soyasida o‘tiribdi.

Uorren Baffet,

tadbirkor, dunyodagi eng yirik sarmoyador.


  1. O‘z biznesingizni reklama qiling.

Agar siz mahsulot yoki xizmatlaringizning afzalliklari haqida bizga xabar bermasangiz, ular haqida hech kim hech narsa bilmaydi. Bugungi kunda o‘zini-o‘zi targ‘ib qilish bo‘yicha eng yaxshi maydon — ijtimoiy tarmoqlardir. U yerda juda ko‘p bo‘lg‘usi mijozlaringiz siz haqingizda bilib oladi.

  1. Mijozlarning qiziqishlarini inobatga oling.

Har qanday startapning asosiy maqsadi mijozlarning ehtiyojlarini qondirishdir. Mijozlar bilan yaxshi munosabatlar muvaffaqiyatli biznesning garovidir.

Biznesning maqsadi — mijozni yaratish va saqlab qolishdir.

Piter Druker,

iqtisodchi, menejment bo‘yicha nazariyasi, yozuvchi.


  1. Tavakkal qilishdan qo‘rqmang.

Aks holda odatiy doiradan tashqariga chiqa olmaysiz. Avvaliga ko‘plab tavakkalchiliklarga qo‘l urishga to‘g‘ri keladi. Lekin xato qilishdan qo‘rqmang. Taslim bo‘lmang va oldinga harakat qilishda davom eting.

Juda tez o‘zgarib turadigan dunyoda tavakkal qilmaslik muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi muqarrar.

Mark Sukerberg,

«Facebook» asoschisi.


  1. Hech qachon ruhingizni tushirmang.

Kimdir sizning muvaffaqiyatingizdan shubhalanadi, kimdir sizni muhokama qiladi, kimdir sizni to‘xtatishga harakat qiladi. Nosog‘lom tanqidga e’tibor bermang. Biror narsa qilishni ko‘ngilga tugdingizmi, maqsadingiz yo‘lida og‘ishmay harakat qiling.

Muvaffaqiyatli tadbirkorni muvaffaqiyatsiz tadbirkordan sabr-toqat va qat’iyat ajratib turishiga aminman.

Stiv Jobs,

«Apple» asoschisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring