«Mikrokreditbank» Toshkentda press-tur uyushtirdi (foto)
Kuni kecha «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Toshkent shahar Amaliyot boshqarmasi tomonidan moliyalashtirilgan Poytaxtning Yangi hayot tumanidagi «Umka garden» xususiy bog‘chasiga press-tur uyushtirdi. Unda bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari xususiy bog‘cha faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
2021 yilning boshida «Mikrokreditbank» tomonidan «Yoshlar tadbirkorligi» dasturi asosida «Umka garden»ning moddiy-texnik bazasi uchun 33 mln. so‘m kredit ajratilgan. Bolalar bog‘chasi ayni paytda to‘liq ishga tushirilgan.
«Ayni paytda maktabgacha ta’lim muassasamizda oltita guruh tashkillashtirilgan bo‘lib, unda 90 nafardan ziyod bolajonlarimiz bor. Turli xil to‘garaklar: raqs, karate, shuningdek gapirishda qiynalayotgan bolalar uchun maxsus logoped darslari yo‘lga qo‘yilgan» — deydi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Umida Xudoyorova.
Bundan tashqari yangi yil boshida yana qo‘shimcha guruhlar ochish hamda MTMni kengaytirishni maqsad qilganini bildirdi.
«Mikrokreditbank»da mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida bankka onlayn kredit buyurtmalari yuborish, mahsulot, xomashyo, uskunalar yetkazib beruvchi korxonalar bilan munosabatlarni erkin amalga oshirish imkonini beruvchi Yagona elektron platforma ishga tushirilgan.
Shuningdek, ushbu platformada bank va mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalardan foydali ma’lumotlar olish, biznes-reja tanlash, qulay narxlarda mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalarni topish kabi qo‘shimcha imkoniyatlar ham yaratildi.
Fakt: Bank tomonidan joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga 1 936 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, shuni hisobiga 76 mingdan ortiq aholi bandligi ta’minlandi.
Har bir hududning, mahallaning «o‘sish nuqtalari»ni aniqlagan holda imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmining yo‘lga qo‘yilishi natijasida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan imtiyozli kreditlar707 mlrd. so‘mga yoki ikki barobarga, aholi bandligi ta’minlash ko‘rsatkichi 29 mingtaga o‘sdi.
Mazkur imtiyozli kreditlarning 63 foizga yaqini yoki 1 214 mlrd. so‘mi 42 526 nafar ishsiz yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga yo‘naltirildi. Buning natijasida, 47 mingdan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlandi.
Yana bir muhim ko‘rsatkich: o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida 9 863 ta jismoniy shaxslarga 223,2 mlrd. so‘m miqdorida (2020 yilda 1 079 nafar fuqaroga 22 mlrd.so‘m) kreditlar ajratildi.
Shu bilan birga, hududlarda ochilgan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan 28 mingga yaqin yoshlar, xotin-qizlar va aholining ehtiyojmand qatlami vakillari tadbirkorlik qilishlari uchun 618 mlrd.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Yil yakuniga qadar bank oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga filiallarida tadbirkorlar bilan ishlashning aynan «mijozga yo‘naltirilgan», o‘z mijozlari bilan «biznes-hamkor» sifatida ishlash, hududlarda esa bank faoliyatini «mijozbay», «mahallabay» tamoyili asosida davom ettirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter