«Mikrokreditbank» parrandachilik uchun qancha kredit ajratgan?
Bugun, 15 oktyabr kuni Milliy matbuot markazida «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan «Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar» mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
— Bank tomonidan parrandachilik yo‘nalishidagi mutaxassislar jalb qilingan xolda tarkibiy bo‘linma tashkil etildi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «Parrandasanoat» uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarida parrandachilik korxonalari bilan joyida uchrashgan holda ochiq muloqotlar tashkil qilindi va tadbirkorlarning muammoli masalalarini qonuniy hal etish choralari belgilandi, —dedi Mikrokreditbank» ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov. — Misol uchun, Xorazm viloyatidagi 120 ming bosh parranda yetishtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan, biroq moliyaviy mablag‘lar yetishmasligi natijasida faoliyati to‘xtab qolgan «Qo‘shko‘pir parranda» MChJning 42 mlrd. so‘mlik oldingi kredit qarzdorliklari muddati uzaytirilishi va aylanma mablag‘ uchun qo‘shimcha 10 mlrd. so‘m kredit ajratish hisobiga tadbikorning faoliyati qayta tiklandi.
Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan Namangan viloyatida joylashgan 120 ming bosh parranda boqish quvvatiga ega bo‘lgan «Kosonsoy istiqlol parranda» MChJ ga 7,4 mlrd. so‘m, Surxondaryo viloyatidagi 300 ming bosh parranda yetishtirish quvvatiga ega bo‘lgan «Termiz parrandachilik fabrikasi» MChJ ga 4,0 mlrd. so‘m kreditlar ajratish hisobiga to‘liq quvvat bilan ishlashi ta’minlandi.
Ushbu tarzdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbir belgilab olingan.
Xususan:
- inventarizatsiya natijalariga ko‘ra, parranda ozuqasi zahirasini jamlash va ishlash chiqarish quvvatlarini oshirish uchun hududlardan 151 ta tadbirkorlik sub’yektlari bo‘yicha (79 tasiga ozuqa uchun aylanma mablag‘lar va 72 tasiga modernizatsiya uchun) 537,7 mlrd.so‘m bank kreditiga talab shakllandi.
Bugungi kunga qadar ushbu talab asosida 170 mlrd. so‘mlik 42 ta loyihaga 115 mlrd. so‘m kreditlar ajratib berildi va qolgan loyihalar bo‘yicha hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
- qarorning 5-bandiga asosan boshqa tijorat banklarida xizmat ko‘rsatilayotgan parrandachilik (ozuqa) loyihalari uchun 27,3 mlrd. so‘mlik mablag‘lar qayta moliyalashtirish maqsadida boshqa banklarga yo‘naltirildi.
Xususan, Navoiy viloyatidagi «Karmana golden eggs» MChJga parranda ozuqasi uchun 10 mlrd. so‘m Turonbankka, Toshkent viloyatidagi «Qishloq qurilish farovon parranda» MChJga parranda ozuqasi uchun 7,3 mlrd. so‘m Qishloqqurilishbankka, Buxoro viloyatidagi «Jondor chinor parranda» MChJga ozuqa uchun 10 mlrd. so‘m Aloqabankka o‘tkazib berildi.
- parranda xo‘jaliklariga tayyor parranda ozuqasi yetkazib beruvchi korxonalarga ham aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Samarqand viloyatida «Jomboy naslli parranda» MChJga 55 mlrd. so‘m, Buxoro viloyatida «Baraka diyor parranda» MChJ ga 5 mlrd. so‘m va boshqalar;
- go‘sht yo‘nalishida zamonaviy so‘yish va parranda boqish komplekslari tashkil etish uchun dastlabki 62 ta loyiha tashabbuskorlari aniqlandi va ularga 209 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilandi, ushbu komplekslar ishga tushishi natijasida qo‘shimcha yilliga 23 ming tonna go‘shtni qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi;
Shundan, 35 mlrd. so‘mlik 23 ta loyihalarga Mikrokreditbank tomonidan kreditlar ajratildi.
- respublikaning tabiiy-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan parrandalarni aholi xonadonlarida parvarish qilish uchun Mikrokreditbank tomonidan 4 860 ta jismoniy shaxslarga 128,5 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.
Masalan, Xorazm viloyatida 778 taga 21 mlrd. so‘m, Surxondaryo viloyatida 556 taga 10 mlrd. so‘m, Qashqadaryoda viloyatida 764 taga 19 mlrd. so‘m, Buxoro viloyatida 700 taga 21 mlrd. so‘m, Navoiy viloyatida 218 taga 7 mlrd. so‘m, Jizzax viloyatida 503 taga 13 mlrd. so‘m, Sirdaryo viloyatida 259 taga 8 mlrd. so‘m va boshqalar.
Mazkur loyihalar to‘liq amalga oshirilishi evaziga yilliga qo‘shimcha 966 mln. dona tuxum va 62,2 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish quvvatlari yaratiladi. Parrandachilik yo‘nalishda loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bank tomonidan ishlar davom ettiriladi.
Matbuot anjumani davomida «Mikrokreditbank» ATB mas’ul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter