Moskva va Moskva viloyatida migrantlarni geolokatsiya orqali nazorat qilish boshlanadi

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Moskva va unga yaqin hududlarda migrantlarni raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha eksperimental dastur ishga tushadi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qabul qilingan qonunga muvofiq, chet el fuqarolari (voyaga yetmaganlar, diplomatlar, ularning oila a’zolari va Belarus fuqarolaridan tashqari) maxsus mobil ilovadan foydalanishi shart qilinadi.
Ilova orqali migrantlar:
ro‘yxatdan o‘tadilar;
shaxsiy ma’lumotlar, jumladan, qurilmaning geolokatsiyasiga ruxsat berishlari;
o‘z joylashuvi haqida politsiyaga ma’lumot taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Agar geolokatsiya ma’lumotlari uch kundan ortiq vaqt mobaynida kelib tushmasa, fuqaro ro‘yxatdan chiqarilishi va «nazoratdagi shaxslar» reyestriga kiritilishi mumkin. Bu baza mamlakatda noqonuniy yurgan deb hisoblangan shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, chet el fuqarolariga barmoq izlari va yuz fotosuratlari orqali biometrik ma’lumotlar topshirish, shuningdek, yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklanadi.
Eksperiment 2029-yil 1-sentyabrga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter