Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBga yangi rahbar tayinlandi

MIBga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi. Shu paytgacha byuro direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Hasan Kabirjanov MIBning to‘laqonli rahbariga aylandi.

Byuroning avvalgi rahbari Botir Qudratxo‘jayev o‘tgan oyda Xorazm viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Hasan Kabirjanov prokuraturaning muhim tarmog‘i bo‘lgan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti (oldingi SVOJJDLQKD) tizimida suyagi qotgan mutaxassis. Bir muddat Markaziy bankda ham faoliyat ko‘rsatgani aytiladi. 2018-yili byuro direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Majburiy ijro byurosi direktori maqomi Bosh prokuror o‘rinbosarligiga tenglashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring