Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qimmatbaho «Equinox»i xatlab qo‘yildi

Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qimmatbaho «Equinox»i xatlab qo‘yildi

Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qimmatbaho «Equinox» avtomashinasi xatlab qo‘yildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga (29.08.2019 yil) asosan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan «Tembet invest group» MChJ foydasiga jami 348 mln 159 ming 817 so‘m undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdor korxona bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramay, to‘lov shu choqqacha amalga oshirilgani yo‘q. Pichoq suyakka yetgach, MIBchilar korxonaga tegishli «Equinox» rusumli avtomashinani xatlab qo‘ydi. Endiyam sud hujjati bajarilmasa, qimmatbaho mashina onlayn savdoga qo‘yiladi va tushgan pul mablag‘lari haqdorga beriladi...

Rost-da, korxona mutasaddilari «Equinox»da mazza qilib yurguncha qarzini qoplasa-chi?! Darding bo‘lsayam, qarzing bo‘lmasin, degan hikmat bejizga emas, axir?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring