MIBchilar robotni ham xatlashdi
Biz bugun deyarli barcha jabhada jamiyatni elektron qurilmalar, texnologik vositalar, shu jumladan, robotlar qamrab olayotgan muhitda yashayapmiz.
Sababi, robotlar nisbatan qiyinroq amallarni kuniga 24 soat davomida bajara oladi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning sifati yuqori, ular kasal bo‘lmaydi, tushlik uchun tanaffus va ta’tilga muhtoj emas.
Shunday robotlardan birini Farg‘ona shahridagi yirik korxonalarning biri xarid qilgan edi...
Ushbu korxonaning 1,1 mlrd. so‘mlik qarzdorligi evaziga ushbu robot xatlab qo‘yildi. Bunga sabab, byuroning Farg‘ona shahar bo‘limida 7 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 580,4 mln. so‘mlik 3 ta ijro hujjati o‘z vaqtida davlat budjetiga to‘lanmagan soliq qarzdorligini undirish hamda 3 mln. so‘mlik davlat bojini undirish va 516,9 mln. so‘mlik yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning balansida bo‘lgan «Gentra», «Nexia 2» rusumli avtotransport vositalari hamda «ABB IRB 6700-150/3,2» rusumli robot manipulyator mavjudligi aniqlangan va 13.09.2024 yilda davlat ijrochisi tomonidan xatlangan.
Hozirda, xatlangan mulklarni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter