Metrodagi «shilqim tiktokchi»lar 5 sutkaga qamaldi
Toshkentda metroda qizlarga tegajog‘lik qilib video olgan tiktokchilarga jazo tayinlandi.
Bugun, 1 iyun kuni ochiq sud majlisida T. R. (2001 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, talaba) va K. K. (2001 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, talaba) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 1 iyundagi qaroriga ko‘ra T. R. va K. K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter