Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroda kissavur paydo bo‘ldi

Metroda kissavur paydo bo‘ldi

Foto: IIV Transportda XTBB

2021-yilning 23-mart kuni Toshkent metropolitenida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 1997 y.t. fuqaro R.N. ariza bilan murojaat qiladi.

U o‘z arizasida, shu kuni soat 19:00larda metroning «Mirzo Ulug‘bek» bekatida yonida bo‘lgan «Samsung-A70» rusumli uyali telefon apparati ustki kiyimining o‘ng cho‘ntagidan noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan, Metropolitenda XTB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent metropolitenining «Buyuk ipak yo‘li» bekatida olib  borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni 1979 y.t. Toshkent viloyati Parkent tumani «So‘qoq» QFYda yashovchi, fuqaro B.B. tomonidan sodir etilganligida gumonlanib, qo‘lga olindi.

B.B.ning yonidagi buyumlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, egnidagi kurtkasi ichki cho‘ntagidan 3 dona o‘ziga tegishli bo‘lmagan uyali telefon apparatlari topilib, Metropolitenda XTB ixtiyoriga olingan. Ushbu telefonlardan biri, ya’ni «Samsung-A70» rusumli telefon apparati fuqaro R.Nga tegishliligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, shu kuni B.B. yana 2 marotaba o‘g‘irilik sodir etganligi, ya’ni soat 14:00 larda Toshkent metropolitenining «Xalqlar Do‘stligi» bekatida voyaga yetmagan fuqaro 2005 y.t. Z.Mning «Redmi 6» telefon apparatini hamda soat 19:00larda «Paxtakor» bekatida fuqaro 2002 y.t. G.Dning  «Samsung-6 Grand Prime+» telefon apparatini o‘g‘irlab olganligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring