Metro vaqti o‘zgarishi haqidagi xabar yana o‘zgardi

Avvalroq Toshkent metropoliteni ish faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar berilib, 30 avgustdan boshlab poyezdlar soat 05:00 dan soat 00:00 gacha davom etishi aytilgandi.
Ammo biroz vaqt o‘tib, metropoliten ma’muriyati ushbu xabarni o‘chirib yubordi. Keyinroq esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» DUK mutasaddilari ishtirokida shu mavzuda brifing o‘tkazildi.
Ma’lum qilishlaricha, Toshkent metropoliteniga 20 ta metro vagoni olib kelinadi, poyezd qatnovlari o‘rtasidagi oraliq qisqartiriladi. Yangi poyezdlar kelishi haqida oldinroq xabar bergandik.
Shuningdek, qatnovlar bo‘yicha 31 avgustdan yangi jadval joriy etiladi, unga ko‘ra:
- Chilonzor yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
- O‘zbekiston yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter