Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro poyezdlari harakatlanish vaqti o‘zgaradi

Metro poyezdlari harakatlanish vaqti o‘zgaradi

Yangi o‘quv yili boshlanishi va mustaqillikning 30 yillik to‘yiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 30 avgustdan boshlab Toshkent metropoliteni ertalab soat 05:00 dan kech soat 00:00 gacha ishlaydi.

Shuningdek, tig‘iz paytlar va ortiqcha tirbandliklarning oldini olish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda poyeazd harakatlari vaqtiga o‘zgarishlar kiritiladi:

  • Chilonzor va Sergeli yo‘lida soat 07:30 dan 09:00 gacha 3 daqiqa oraliqda, 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqa oraliqda;
  • O‘zbekiston yo‘lida 07:30 dan 09:00 gacha 4 daqiqa oraliqda, 16:30 dan 19:30 gacha 5 daqiqa oraliqda;
  • Yunusobod yo‘lida 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqa oraliqda, 16:30 dan 19:30 gacha 7 daqiqa oraliqda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar pandemiya sababli metro faoliyati soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring