Messining «Barselona» bilan «shohona» shartnomasi qiymati ma’lum bo‘ldi
Ispaniyaning «El Mundo» nashri argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan tuzgan shartnomasi qiymatini e’lon qildi. Bu haqda nashrning veb-saytida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli hujumchi bilan kelishuv muddati 2021-yilning yozida tugaydi. Hujjatga ko‘ra, argentinalik futbolchi qariyb 556 million yevro ishlab topadi. Xabarda Messining shartnomasi «shohona» deb qayd etilgan.
Messi 2020-yil yozida klubni tark etishga tayyorligini bildirgandi. Biroq ko‘k anor ranglilar rahbariyati futbolchini amaldagi kelishuv oxirigacha klubda qolishga ko‘ndira oldi. «Manchester Siti» futbolchiga da’vogarlik qilgandi.
Amaldagi shartnoma 2017-yil noyabr oyida uzaytirilgan. Hujumchi klubda 2003-yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda.
«Barcyelona» tarkibida Messi o‘n marta Ispaniya chempionligini va to‘rt marta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Forvardning hisobida 843 ta o‘yinda 697 ta gol bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter