Messi gol urishdan to‘xtamayapti. Uning jamoasi finalga chiqdi
Yirik hisobda g‘alaba qozongan «Inter Mayami» Ligalar kubogi finaliga chiqdi. Messi esa bu safar uzoq masofadan gol kiritdi.
Lionel yangi jamoasi tarkibida ketma-ket olti o‘yinda to‘qqizta gol urib, «Inter Mayami» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Shuningdek, uning uzatmasidan keyin Jordi Alba yangi jamoasidagi debyut golini urdi.
«Filadelfiya Yunion» – «Inter Mayami» – 1:4
Gollar: Bedoyya 73 – Xosef Martines 3, Messi 20, Alba 45+3, David Ruis 84.
Finalga yo‘l olgan «Inter Mayami» o‘z tarixidagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter