Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 5-bor «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi — bu rekord

Messi 5-bor «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi — bu rekord

Foto: «Football.ua»

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Barselona» yetakchisi Lionel Messi nafaqat Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari, balki Yevropaning ham eng sermahsul o‘yinchisiga aylandi.

Argentinalik futbolchi La Liga doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol kiritdi. Shunday sermahsul o‘yin ko‘rsatgan Messi Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» sohibiga aylandi. U jami 68 ochko to‘plab, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Da’vogarlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:  

  1. Lionel Messi (Barselona) — 34 gol (68 ochko);
  2. Muhammad Saloh (Liverpul) — 32 (64);
  3. Harri Keyn (Tottenxem) — 30 (60);
  4. Robert Levandovski (Bavariya) — 29 (58);
  5. Chiro Immobile (Latsio) — 29 (58);
  6. Mauro Ikardi (Inter) – 29 (58);
  7. Edinson Kavani (PSJ) – 28 (56);
  8. Krishtianu Ronaldu (Real) – 26 (52);
  9. Jonas (Benfika) – 34 (51);
  10. Luis Suares (Barselona) – 25 (50).

Bu Messining 5-«Oltin butsa»si bo‘ldi va u yaqqol rekod o‘rnatdi. Futbol tarixida hech bir futbolchi «Oltin butsa»ni besh bor qo‘lga kiritmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring