Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yonib ketishi mumkin». «Mercedes» 800 mingdan ortiq mashinasini chaqirib oladi

«Yonib ketishi mumkin». «Mercedes» 800 mingdan ortiq mashinasini chaqirib oladi

Foto: «Unsplash»

«Mercedes» konserni butun dunyo bo‘ylab 800 mingdan ziyod mashinalarini chaqirib olyapti, xabar berdi «Bild».

Bunga sabab — suyuqlikni sovituvchi nasosdagi ehtimoliy nosozlik. 2021-yil nihoyasida avtomobil xaridorlariga yo‘llangan xatda alohida holatlarda «yonish sodir bo‘lishini to‘liq istisno qilib bo‘lmasligi» bildirilgandi.

«Mercedes» kompaniyasi dizelda ishlovchi GLC, GLE, GLS modellarini, shuningdek 2017-yilning yanvar–oktyabr oylarida ishlab chiqarilgan C, E va S sinfiga mansub avtolarini chaqirib oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring