Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mening Toshkentim» tanlovi e’lon qilindi

«Mening Toshkentim» tanlovi e’lon qilindi

Foto: «toshkent.uz»

Toshkent shahar hokimligi «Mening Toshkentim» tanlovini e’lon qildi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda noutbuk, planshet, smartfon kabi sovrinlar qo‘yildi.

Nominatsiyalar:

  • 2018-yilgi Toshkent haqida eng yaxshi surat
  • «Kreativ foto» — «Mening Toshkentim-2018»
  • Toshkent haqida eng yaxshi maqola
  • «Eng yaxshi selfi» — Men va mening shahrim
  • Toshkentning «Eng yaxshi panoramasi»

Tanlov o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Tanlovda 14 yosh va undan katta bo‘lganlar ishtirok etishlari mumkin.

Hokimiyatning «Facebook»dagi sahifasiga «layk» qo‘yish va yangilikni «ulashish» tanlovning majburiy sharti hisoblanadi.

Tanlovda professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishga ma’lumot xati (g‘oya, elementlar, ranglarga doir ma’lumot, muallifning ixtiyoriga ko‘ra boshqa ma’lumotlar) ilova qilinadi. Unda muallifning ismi-sharifi, manzili, telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.

Eng yaxshi ishlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tanlab olinadi va g‘oliblar esa hokimiyatning «Facebook» sahifasidagi umumiy ovoz berish aniqlanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra konkursning eng yaxshi ishlari 2018 yil avgustda Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etiladigan ko‘rgazmada taqdim etiladi. Ushbu ko‘rgazmada mukofotlarni topshirish marosimi ham o‘tkaziladi.

Tanlov muddati:

  • Tanlov 2018-yil 25-iyuldan 2018-yil 6-avgustgacha davom etadi.

Mukofot jamg‘armasi:

  • 1-o‘rin — Noutbuk 
  • 2-o‘rin — Planshet
  • 3-o‘rin — Smartfon
  • Rag‘batlantiruchi mukofotlar: polo futbolkasi va kepkasi

Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar Toshkent shahar hokimiyatining yangi binosida faqat chorshanba va juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Raqamli shakldagi ishlar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

https://goo.gl/forms/0RcyfknA3SBpWDCN2

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring