Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men yosh iste’molchiman» respublika insholar tanlovi o‘tkazildi

«Men yosh iste’molchiman» respublika insholar tanlovi o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining ayniqsa, yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, yoshlarning iste’molchi sifatida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni aniqlash va rag‘batlantirish, shuningdek, 2018-yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «Men yosh iste’molchiman» mavzusidagi respublika insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov 3 bosqichda, tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarida o‘tkazilib, respublikamizdagi 9600 dan ziyod maktablarning o‘quvchilari qamrab olindi. Tuman (shahar) bosqichida I-III o‘rinni qo‘lga kiritgan 1000 ga yaqin ishtirokchilar viloyat bosqichida qatnashdi.

Tanlovning viloyat bosqichida eng yaxshi deb topilgan ko‘rik-tanlov material (insholar)lari tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi. Mazkur bosqich g‘oliblari respublika bosqichi materiallari (insholar)ni baholovchi komissiya a’zolari tomonidan aniqlanadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar respublika bosqichi g‘oliblari bo‘ldilar.

Birinchi o‘rin — Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 68-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Shukrona.

Ikkinchi o‘rin — Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi 6-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Osimjonova Sarvinoz.

Uchinchi o‘rin — Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Qambaraliyeva Ma’mura.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari federatsiya tomonidan diplom hamda kitoblar jamlanmasini sotib olishlari uchun pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring