Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika poytaxti yaqinida vulqon uyg‘ondi

Meksika poytaxti yaqinida vulqon uyg‘ondi

Foto: «Kp.ru»

Meksika poytaxti yaqinida joylashgan Popokatepetl vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda mamlakatning Fuqaro mudofaasi milliy boshqarmasi «Twitter»da xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, vulqon balandligi (kul ustuni) besh kilometrgacha yetgan.

Vaziyat aholi uchun xavf tug‘dirmasligi aytilgan. Vulqonning xavflilik darajasi o‘rtacha deya baholanmoqda.


Mavzuga oid: «Sariq xavf». Meksikada dunyodagi eng xavfli vulqon otilmoqda (video)


Popokatepetl — Meksikadagi eng yirik va faol vulqonlar sirasiga kiradi. U Meksika poytaxti Mexikodan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Vulqon faollashgani bilan uning otilishi ehtimoli juda past. Bu haqda joriy yil aprelida Meksika fuqaro mudofaasi milliy koordinatori David Leon ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring