Meksikadagi avtobus halokatida 16 kishi qurbonga aylandi
Meksikaning Sonora shtatida avtobus halokatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Penmont konchilik kompaniyasiga soslanib RIA Novosti xabar qilmoqda.
«Tepsa avtomashinasi bilan sodir bo‘lgan YTH natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Kompaniyaning 13 xodimi tan jarohati oldi, ularning ahvoli barqaror, avtobus haydovchisi og‘ir ahvolda», deya yozadi Penmont kompaniyasi bayonotida.
Nashrga ko‘ra, konchilarni olib ketayotgan avtobus va mikroavtobus bilan to‘qnashuvi sodir bo‘lgan. Politsiya ommaviy axborot vositalariga to‘qnashuv sodir bo‘lgan joyda tekshiruv ishlari davom etayotganini haqida aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter