Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlangan –  O‘zbekiston TIV

Meksikada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlangan –  O‘zbekiston TIV

Bir muddat oldin Meksikaning Durango shtati Gomes-Palasio shahrida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi tutqunlikda saqlangani va mahalliy politsiya tomonidan qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi TIVning rasmiy vakili mazkur holat yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQShdagi Elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

Natijada diplomatik missiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar barcha o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

«Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Barcha fuqarolarimizning shaxsi aniqlangan.

Meksikalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», – deyiladi axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring