Meksikada bog‘chaga qurolli bosqinchilik sodir bo‘ldi
Meksikaning Durango shtati Gomes-Palasio shahrida qurollangan kishi bolalar bog‘chasiga bostirib kirdi, deya xabar berdi «Regnum».
Xabarga ko‘ra, yovuz niyatli kishi do‘q-po‘pisa yo‘li bilan tarbiyachini ma’muriyat xonasiga olib borishga majburlagan. Jinoyatchi bolalar bog‘chasi rahbarlarining hamyonlari qo‘l telefonlarini tortib olib, voqea joyidan yashiringan. Ayni vaqtda politsiya jinoyatchini qidirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter