Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan «uddaburon» qo‘lga olindi
Samarqandda DXX hamda IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Unda 1994-yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.S. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQShga yuborishi evaziga 25.000 AQSh dollar so‘ragan.
Tadbir davomida X.S. hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Ushbu shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter