Yana bir soha vakillari «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga ish haqlarini o‘tkazib berdi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi koronavirus tarqalishining oldini olish ishlariga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdilar.
Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu fondga DXX, IIV, Prokuratura va boshqa tizimlardagi xodimlar ham ish haqlarini o‘tkazgandilar. Shuningdek, rossiyalik milliader Alisher Usmonov ham 20 million dollar mablag‘ o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter