Mehr-muhabbat haqida «gapirayotgan» toshlar
Biz qalb qattiqligini toshga mengzagan bir paytda undan juda mehrli san’at asari yaratayotganlar bor. Go‘yoki tosh o‘zi qattiq jism bo‘lgani bilan mehrsiz emasligini isbotlayotgandek. Pinterest saytini kuzatsangiz toshdan yasalgan san’at asarlari kishini o‘ziga soddaligi bilan tortadi va eng ko‘p yasalgan tasvir bu oila, muhabbat, do‘stlikka bag‘ishlanadi.
Shundan keyin ham siz toshni shunchaki bir jonsiz, qattiq jismda deyishga shoshilmang. Yaxshisi ularni tomosha qiling.
Qarang ular nima demoqchi?
Ushbu multfilm timsoh Gena va cheburashka xuddi chizilgandek, ularning har bir tana a’zosi, hatto qo‘lidagi cholg‘u asbobi ham toshdan yasalgan.
Suv ichidagi laylaklar esa bir qarashda shakli oddiy dumaloq toshlardan yasalgandek...
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida britaniyalik Northern-stone nikidagi ijodkorni kuzatib boraman.
Uning toshdan yasagan ishlari boshqalardan minimalistlikka asoslangani uchun yoqadi, ya’ni oddiygina shakllardan katta mazmun chiqara oladi.
Toshdan turli san’at asari yaratish O‘zbekistonda ham ommalashmoqda.
Quyidagi siz ko‘rib turgan «jonlangan toshlar» yangiyo‘llik Feruza Bariyevaga tegishli. Uning aytishicha, kelgusidagi rejalari Xitoydan olib kelinadigan shunday sovg‘alar o‘rniga o‘zimizning toshlardan yasalgan san’at asarlariga odamlarni qiziqtirish.
Anna Novaning asarlari xalqaro va Rossiya ko‘rgazmalarida yuqori baho olgan, bu esa ularni Sankt Peterburgdagi Ermitaj va Germaniyadagi Deutsches Edelshteinmuseum ko‘rgazmalarining bir qismiga aylantirgan.
Ushbu san’at turi yuqoridagilardan ancha mehnattalablik va izlanuvchanlik bilan farqlanadi. Bu endi alohida mavzu.
Barno Sultonova tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter