Mehnat muhojirligi uchun eng yaxshi mamlakat nomi ochiqlandi
2020-yil oxirida Kanada mehnat muhojirlari uchun eng jozibali mamlakatga aylandi, deya xabar beradi RIA Novosti BCG va The Network tomonidan o‘tkazilgan «Jahon iste’dodlar bozorini tahlil qilish - jismoniy va virtual» tadqiqotiga asoslanib.
«Kanada mehnat muhojirlari uchun eng jozibali mamlakat sifatida AQShdan o‘zib ketdi», deyiladi tadqiqotda.
Bundan tashqari, kuchli o‘nlikka Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shveysariya, Singapur, Fransiya, Yangi Zelandiya ham kiradi.
Shu bilan birga, so‘rov natijalariga ko‘ra, ishlash uchun boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga qiziqish ancha pasaygan. Shunday qilib, 190 mamlakatdan kelgan 209 ming ishtirokchidan taxminan 50 foiz qismi ko‘chishga tayyor, bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 2014-yilda 64 foiz va 2018-yilda 57foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter