Mehmonxonada fohishaxona tashkil etgan shaxs ushlandi
Buxoro shahridagi «Faxriddin» nomli mehmonxonada fohishaxona tashkil etgan qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati IIB vakilining so‘ziga ko‘ra, Buxoro shahridagi «M.Payraviy» ko‘chasida yashovchi 34 yoshli B.F. shu mehmonxonada faoliyat yurita turib, u yerga begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelgan. Va buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.
«Ko‘za kunda emas, unida sinadi» deyishadi. Mehmonxona xodimi B.F. S.M. va Sh.N., B.M. va M.D.larning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, «mijozlarga» xona bo‘shatib, barcha shart-sharoitlar yaratib bergan. Bu hatti-harakati ortidan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan»,—deydi IIB vakili.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter