Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Medvedev Rossiyadagi saylovlarda kim yutishini aytdi

Medvedev Rossiyadagi saylovlarda kim yutishini aytdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti saylovlarida amaldagi prezident Vladimir Putin g‘alaba qilishiga ishonch bildirdi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Vladimir Putin saylov kampaniyasida qatnashishga, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga saylanishga rozilik bergani yaxshi», - dedi Medvedev Rossiya Konstitutsiyasi kuni arafasida maktab o‘quvchilari va talabalar bilan uchrashuvda. 

Uning aytishicha, «Putinning hali prezident sifatida qiladigan ishi ko‘p». 

Eslatib o‘tamiz,  Rossiya prezidentlik saylovlari 2024-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Putin ushbu saylovlarda qatnashishini e’lon qildi. 2020 yilda kiritilgan Konstitutsiya islohotlariga ko‘ra, u hokimiyatda 2036-yilga qadar qola oladi. 

Putinning saylovlarda qatnashishi ko‘plab muxoliflarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Jumladan, qamoqdagi muxolif Aleksey Navalniy saylovchilarni Putindan boshqa har qanday nomzodga ovoz berishga chaqirdi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring